Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) Mişel Platinining apellyatsiyasini töla qondirmagaç, u UYeFA prezidentligidan rasman iste'foga çiqqan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, sud uning futbol faoliyatidan çetlatilişi böyiça jazo muhlatini 6 yildan 4 yilga, qöllangan jarima miqdorini 80 ming frankdan 60 ming frankka tuşirgani haqida ma'lum qilingandi.

Platini 17 may kuni UYeFA rahbarligini rasman tark etişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, u Şveytsariya fuqarolik sudiga murojaat qilib, kuraşni davom ettirmoqçi.


Endilikda Platinining futboldagi faoliyati yakunlangani aytilmoqda, çunki u 2019 yilgi FIFA prezidentligi uçun saylovda iştirok eta olmaydi.