Jamiyat | 21:08 / 03.03.2017
5045
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Avstraliyada avtomobil servisning o‘zidan olib qochildi

Avstraliya politsiyasi Kvinslendda avtomobil o‘g‘irlanishi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. U yerda jinoyatchi Holden Commodore sedanini dilerlik markazidagi servis hududidan ish vaqti paytida olib qochib ketgan.

Ro‘y bergan hodisa videokuzatuv tizimi tomonidan qayd etildi, rolik Kvinslend politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan. Erkak servisga shunchaki kirib, avtomobillarni o‘t oldirish imkonini tekshirgan va bunga “mos keladigan” to‘rt eshikli transport vositasiga o‘tirgan.

Jinoyatchi avtomobilga o‘tirishi bilan qulflarni darhol yopib qo‘ydi, buning oqibatida esa markaz ishchilari uni to‘xtatib qola olishmadi hamda u ketib qoldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid