Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniyada 15 nafar jinoyatchi qatl etildi
Iordaniya hukumati 4 mart kuni 15 kishini qatl etdi. Ular terrorchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. AFP agentligi hukumat vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda.
Mamlakat axborot vaziri Muhammad al Mo‘maniyning ma'lum qilishicha, 10 kishi terrorchilik guruhi a'zosi bo‘lgan. Ular qator terrorchilik xurujlari, jumladan "2003 yili Iordaniyaning Bag‘doddagi elchixonasi va xavfsizlik xizmati xodimlariga hujum qilgan".
Yana besh kishi "dahshatli jinoyatlari uchun" qatl etilgan. Ta'kidlanishicha, mamlakatda so‘nggi bor oliy jazolarni ijro etish 2014 yilda amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
08:38 / 18.05.2026
2025 yilda dunyo bo‘yicha 2700 dan ortiq kishi qatl etildi
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
20:56 / 06.03.2026
Eron AQSh bazalaridagi HHM tizimlari radarlariga zarba berishga urg‘u qaratmoqda
12:21 / 05.03.2026