Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh bazalaridagi HHM tizimlari radarlariga zarba berishga urg‘u qaratmoqda
CNN Amerikaning BAA va Iordaniyadagi raketaga qarshi mudofaa tizimlari radarlari zarbaga uchragani aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini namoyish etdi.
Foto: Getty Images
Eron Amerikaning Yaqin Sharq mamlakatlarida joylashtirilgan THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimining radar qurilmalariga zarba berishga harakat qilmoqda. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniyadagi AQSh bazalariga bergan zarbalari oqibatlarini qayd etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin.
CNN tomonidan o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, Iordaniyadagi Muvaffaq Salti aviabazasidagi radar katta ehtimol bilan, urushning dastlabki kunlarida – 1 yoki 2 mart kuni yo‘q qilingan. Suratda bir necha zarba izlarini ko‘rish mumkin. CNN’ning qayd etishicha, bunday radar narxi taxminan 500 million dollar turadi.
CNN: Satellite imagery shows an Iranian strike destroyed the radar of a U.S. THAAD missile defense battery in Jordan. pic.twitter.com/tp2F34nmeU
— Open Source Intel (@Osint613) March 5, 2026
Bundan tashqari, AQSh va Isroilning 28 fevral kuni boshlangan qo‘shma amaliyotining ilk bosqichida BAAdagi ikki harbiy obekt zarbaga uchragan, Ar-Ruvays va As-Cadrda ham THAAD qismlari joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida shikastlangan binolar aks etgan. Fevral oyi oxirida va martning ilk kunlarida bu joylarda THAAD radarlari bo‘lgani aniq emas, ammo 2016 va 2018 yillarda olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ular aniq ko‘ringan, deya qayd etadi CNN. Telekanal Birlashgan Arab Amirliklarining AQShdan xarid qilingan o‘z THAAD komplekslari ham bo‘lganini qayd etgan.
Ekspertlarning hisoblashicha, radar shikastlanishi THAAD tizimini butunlay ishdan chiqarmaydi, chunki u turli konfiguratsiyalarda ishlashi mumkin, ammo bunda zarba uning imkoniyatlarini pasaytiradi.
O‘q-dorilar bo‘yicha mutaxassis va Armament Research Services (ARES) tadqiqotchi kompaniyasi direktori N.R. Jyenzen-Jons CNN bilan suhbatda bunday radarning o‘rnini to‘ldirish oson emasligi va gap katta zarar haqida ketayotganini aytgan.
Pentagon vakili CNN so‘roviga javoban shunday degan: «Operatsiyalar xavfsizligi uchun mintaqadagi aniq kuch va vositalarning maqomiga izoh bera olmaymiz».
Mavzuga oid
02:19
Tramp Eronda demokratiya o‘rnatilishi uni qiziqtirmasligini aytdi
23:40 / 06.03.2026
“Eron urushi domino effektiga sabab bo‘lishi mumkin” – tahlilchilar
23:31 / 06.03.2026
AQSh va Isroil Eronni yiqita oladimi? Urush strategiyasi qay tomon o‘zgardi?
22:06 / 06.03.2026