Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga 2,6 milliard dollarlik kredit taqdim etishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zaro hamkorlik loyihalarini alohida qayd etib o‘tdi.
Janob Nakaoning ta'kidlashicha, OTB Toshkentga 2017-2019 yillar davriga 2,6 milliard dollarni suveren kredit shaklida taqdim etishni rejalashtirmoqda.
OTB delegatsiyasining O‘zbekiston vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta'minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
Ma'lumot uchun, 1995 yildan beri OTB O‘zbekistonga ta'lim, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va energiya tarmoqlari modernizatsiyasiga oid 54 loyihani amalga oshirish uchun 5,1 milliard dollar, shuningdek taxminan 65 million dollar texnik ko‘mak grantlarini taqdim etdi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026