Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amina Muhammad BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshning birinchi o‘rinbosari etib muslima ayol Amina Muhammad tayinlandi. Rasmiy marosim Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Muxlis.uz xabar bermoqda.
“Men bor kuch-salohiyatimni barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish uchun sarf qilaman. Aynan barqaror taraqqiyot — Yer yuzida tinchlikni saqlashning eng samarali va ishonchli yo‘li”, — dedi Amina Muhammad marosimda. U, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish va ayollar huquqlarini himoya qilish borasidagi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ham gapirgan.
Qayd etish kerakki, 1961 yilda tug‘ilgan Amina Muhammad Nigeriya va Britaniyada tahsil olgan. Bungacha u Nigeriya prezidenti maslahatchisi va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti o‘qituvchisi bo‘lgan. Oilali, 6 farzandning onasi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026