Sport | 07:22 / 05.03.2017
7362
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Liverpul» uch yillik yoqimsiz an'anaga barham berdi

Angliya premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi. Unda «Liverpul» «Arsenal»ni qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Firmino jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘nggida Sadio Mane farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Deni Uelbek hisobdagi farqni qisqartirgandi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Jorjino Veynaldum tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi. «Liverpul» bu orqali so‘nggi uch yilda ilk marta «Arsenal»ni o‘z uyida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 52taga yetdi va jamoa «Manchester Siti»ga yetib oldi. Biroq «Siti» hisobida ikkita zaxira uchrashuvi bor. «Arsenal» esa 50 ochko bilan 5-o‘ringa tushib qoldi.

APL, 27-tur

Liverpul – Arsenal 3:1 (2:0)

Gollar: Firmino (9), Mane (40), Veynaldum (90+1) – Uelbek (57).
Liverpul: Minole, Klavan, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 80), Veynaldum, Firmino, Lallana (Leyva, 90), Mane (Aleksander-Arnold, 90), Djan, Milner.
Arsenal: Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Chaka, Koklen (Sanches, 46), Oksleyd-Chemberlen, Ivobi, Jiru (Peres, 74), Uelbek (Uolkott, 74).
Ogohlantirishlar: Koklen (34), Jan (68), Chaka (78).

Mavzuga oid