Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Hongkong va Tayvanning mustaqilligini tan olmoqchi emas
Foto: Reuters
Xitoy o‘zining maxsus ma'muriy hududi bo‘lgan Hongkongga nisbatan "bir davlat – ikki tizim" tamoyiliga amal qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb aytdi Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan.
"Biz Hongkongni uning aholisining o‘zi boshqarishiga asoslanib, "bir davlat – ikki tizim" tamoyilini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz", deb aytdi Ketsyan.
U shu bilan birga "Hongkong mustaqilligi" haqidagi shiorlar istiqbolga ega emasligini aytgan.
Hongkong Buyuk Britaniya boshqaruvidan Xitoy tasarrufiga 1997 yilda o‘tgan. Aynan o‘shanda "bir davlat – ikki tizim" tamoyili e'lon qilingan va unga ko‘ra Hongkong keng muxtoriyatga ega.
Ketsyanning ta'kidlashicha, Xitoy yana bir hududi bo‘lgan Tayvan mustaqilligiga ham yo‘l qo‘ymaydi va tomonlar 1992 yilda erishgan konsensusga amal qiladi.
Xitoy bosh vazirining aytishicha, Pekin Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni avaylaydi. "Biz Tayvan mustaqilligiga qaratilgan ayirmachilik faoliyatiga qat'iyan qarshimiz va bunday faoliyatni bostirish uchun qat'iy choralar ko‘ramiz", deb ogohlantirgan Ketsyan.
Mavzuga oid
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026