Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Toshkent shahar drenaj tizimini rivojlantirish bo‘yicha 400 mln dollarlik kelishuvga erishildi
Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumida Toshkent shahri bo‘yicha qator investitsiyaviy kelishuvlarga erishilgan. Ular orasida poytaxtning drenaj tizimini rivojlantirish loyihasi ham bor.
Foto: Kun.uz
Xitoyda o‘tkazilgan forumda Toshkent shahri uchun umumiy qiymati 3,5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan investitsiyaviy va eksport kelishuvlariga erishilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Forumda Toshkent shahar hokimligi ishtirokida infratuzilma, transport, qurilish, ekologiya va sanoat sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga doir qator kelishuvlar imzolangan.
Loyihalarni amalga oshirishda moliyalashtirishni davlat budjetidan foydalanmagan holda EPC+F modeli asosida xitoylik hamkorlar tomonidan jalb qilish rejalashtirilmoqda. To‘lovlar uzoq muddatli istiqbolda shahar budjetining yangi daromad manbalarini shakllantirish hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Forumda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan:
- drenaj kollektorlari, irrigatsiya va yomg‘ir suvlarini chetlashtirish tizimini rivojlantirish – 400 mln dollar;
- 24/7 formatidagi zamonaviy brendli ko‘chalarni yaratish – 100 mln dollar;
- renovatsiya hududlarida zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmualarini qurish – 500 mln dollar;
- EPC+F asosida BRT, yo‘l o‘tkazgichlar va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish – 1 mlrd dollar;
- transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma investitsiyaviy loyihalar – 1 mlrd dollar;
- bezak toshlarini ishlab chiqarish – 150 mln dollar;
- chiqindilarni saralash uchun “aqlli” uskunalar ishlab chiqarish – 50 mln dollar;
- keramika mahsulotlari ishlab chiqarish – 150 mln dollar.
Shuningdek, forum doirasida zargarlik buyumlari, paxta ip-kalava, kumush konsentratini yetkazib berish bo‘yicha jami 156 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolangan.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026