Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Trampning Obamaga nisbatan oxirgi ayblovi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi
AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi yaqin vaqtlar ichida mamlakat prezidenti Donald Trampning sobiq davlat rahbari Barak Obama saylovoldi jarayonlari vaqtida uning telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatishga buyruq bergani haqidagi ma'lumotni o‘rganadi.
4 mart kuni Tramp o‘z tvitterida Obamani yana bir bor aybladi.
«Dahshat! G‘alabam arafasida Obama Tramp minorasiga menga qarshi «qo‘ng‘iz»lar o‘rnatganini hozirgina bildim. Hech narsa topilmagan. Bu makkartizm!», — deb yozdi u.
«Muqaddas saylovlar jarayonida mening telefonlarimni eshitib turishga qaror qilgan bo‘lsa, prezident Obama qanchalik pastkashlik qilibdi-ya! Bu Nikson/Uotergeyt. Yomon (yoki kasal) odam!», — deb yozdi Tramp boshqa bir tvitida.
Ma'lumot uchun, Uotergeyt mojarosi 1972 yilda, «Uotergeyt» mehmonxonasida yashirin ravishda eshitish qurilmalariga ega bo‘lgan bir guruh kishilarning qo‘lga olinganidan so‘ng ro‘y bergan. Surishtiruv jarayoni prezident Richard Niksonning ma'muriyati o‘z xizmat vakolatini ko‘p bora suiiste'mol qilganini ko‘rsatdi hamda bu uning lavozimini tark etishiga turtki berdi.
Donald Tramp uning telefonlari haqiqatan ham eshitilgani yuzasidan hech qanday dalil-isbot taqdim etmagan. Prezidentning xodimlari ham uning ayblovlari nimaga asoslanganini tushuntirib bera olmagan.
«Men u (Tramp) nima haqida gapirayotganini tushunmayapman. Balki prezidentda bizga (senatorlar) ma'lum qilinmagan ma'lumot bordir. Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, biz buni tezroq bilishimiz kerak, agar unday bo‘lib chiqmasa, u (Tramp) nega bunday deganini tushuntirishi kerak», — dedi AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi, prezidentlik saylovida respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan Marko Rubio CNN telekanali efirida.
U tez orada buning tagiga yetilishini qo‘shimcha qilgan.
Barak Obamaning matbuot kotibi Donald Tramp 2016 yildagi prezidentlik saylovlari oldidan uning telefoni tinglangani haqidagi gaplariga izoh berib, na prezident va na Oq uydagi boshqa amaldor AQSh fuqarolari ortidan kuzatuv olib borishga buyruq bermaganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026