Jahon | 09:56 / 06.03.2017
5125
2 daqiqa o‘qiladi

Atrof-muhit iflosligidan yiliga 1,7 mln bola halok bo‘ladi

Atrof-muhitning ifloslanishi dunyo bo‘ylab har yili 1,7 mln bolaning umriga zomin bo‘lmoqda. Bu haqda 6 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lum qildi. 

Tashkilotga ko‘ra, bir oylikdan 5 yoshgacha vafot etuvchi bolalar o‘limining 4ta sababidan biri nosog‘lom muhitdir. Ekspertlarning fikricha, havoning ifloslanishi, passiv chekish, toza suv va sanitar choralarning yo‘qligi hamda noto‘g‘ri shaxsiy gigiyena shular jumlasidan. 

"Iflos atrof-muhit, ayniqsa, yosh bolalar uchun o‘lim tahdidini soladi. Ularning endi shakllanayotgan a'zolari, jajji tanasi va nafas olish organlari iflos havo va suv qarshisida ojiz qoladi", - degan tashkilot bosh direktoi Margaret Chen.

JSSTning qayd etishicha, bolalar umriga zomin bo‘layotgan eng keng tarqalgan diareya, bezgak va zotiljamga atrof-muhit holatini yaxshilash bilan barham berish mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid