Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuzcha gegemon. Nemis va britanlarning ikki mashhur brendi qo‘lga olindi
Fransiyaning Peugeot va Citroen avtomobilsozlik korxonalari egasi bo‘lgan PSA kompaniyasi Germaniyaning Opel va Britaniyaning Vauxhall firmasini 1,3 mlrd yevro evaziga xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. General Motors kompaniyasi o‘ziga tegishli bo‘lgan mulklarni sotishga qaror qilgan.
GM avtokompaniyalar bilan birga Yevropadagi moliyaviy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sho‘'ba korxonasini ham 900 mln yevro evaziga PSA kompaniyasiga sotadi. Shunday qilib, bitimning umumiy qiymati 2,2 mlrd yevroni tashkil etadi.
Ta'kidlanishicha, GM Opel kompaniyasini 90 yil mobaynida nazorat qilib kelgan. Nemis kompaniyasi 2016 yilga belgilangan vazifalarni bajara olmagach, brenddan voz kechishga qaror qilindi. Umuman, ushbu kompaniya 2009 yildan beri 9 mlrd dollar zarar keltirgan, deb xabar qiladi Bloomberg.

Peugeot egasining taxmin qilishicha, kompaniyalar birlashganidan so‘ng, 2026 yilga kelib yiliga 1,7 mlrd yevro tejay boshlaydi. Opel esa 2020 yildan boshlab daromad keltira boshlashi kerak.
GM kompaniyasi esa, Opel brendini sotish orqali olinadigan 2 mlrd dollarga yaqin mablag‘ o‘z aksiyalarini xarid qilishga yo‘naltiriladi, deb ishonmoqda. Amerika korporatsiyasi, shuningdek, PSA aksiyalarini ham xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, ikkala kompaniya ham Holden va Buick kompaniyalarini ishlab chiqarishni davom ettiradi.
PSA va Opel o‘rtasidagi bitim Yevropa bozorida Volkswagen kompaniyasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan eng yirik o‘yinchi paydo bo‘ladi. PSA va Opel ushbu bozorning 16 foizini nazorat qiladi. Volkswagen 24 foiz ulushga ega, deb qayd etadi Bloomberg.
Mavzuga oid
16:29 / 11.08.2024
Amerikaliklarga sotilgan va sovetlar zavodini Moskvaga ko‘chirib ketgan kompaniya - Opel tarixi
18:20 / 30.09.2021
Opel zavodlaridan biri chiplar yetishmovchiligi tufayli faoliyatini 2022 yilgacha to‘xtatadi
15:11 / 03.09.2021
GM va Ford’ning qator zavodlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi
19:27 / 04.02.2021