Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papua-Yangi Gvineyada 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi
6 mart kuni Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda AQSh geologik xizmati (USGS).
Zilzila UTC (Butunjahon muvofiqlashtirilgan vaqti) bo‘yicha soat 22.47da (Toshkent vaqti bilan 03.47) Kandrian shahridan shimolga tomon 27 km uzoqlikda qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 55 km chuqurlikda bo‘lgan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Papua-Yangi Gvineya "Tinch okeani olovli halqasi" deb ataluvchi, yuqori seysmik faollikka ega kuchli tektonik yoriqning bir qismi hisoblanadi. Bu halqaga sayyoramizda yuz beradigan 90 foiz zilzila to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024