Jamiyat | 08:23 / 06.03.2017
3938
2 daqiqa o‘qiladi

Parranda grippi: Podmoskoveda 4 mln boshga yaqin parranda o‘ldiriladi

RF Moskva viloyatida parranda grippining yirik o‘chog‘i qayd etildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi o‘z manbasiga tayangan holda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Podmoskovedagi ikkita parranda fabrikasida shunday holat qayd etilgan. Birinchisi Shelkovskiy tumanidagi Biokombinat hududida, ikkinchisi Sergiyevo-Pasad tumanidagi fabrikada aniqlangan. 

«28 fevral kungi biomaterial tahlili parranda grippiga ijobiy natija ko‘rsatgan», — deb hikoya qilgan agentlik manbasi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, «400 mingdan 4 mlngacha parranda o‘ldiriladi».

Sergiyevo-Posadskiy tumani ma'muriyati sayti «Smena» nomli fabrikada parranda grippi holatlari qayd etilganini tasdiqlagan. 

«Jiddiy tahlillar natijasida H5N8 grippini aniqladi. Virusologlarning fikricha, bu shtamm odamlarga xavf solmaydi, biroq parrandalar uchun juda xavfli», — deyiladi xabarda.

Hozirda, mutaxassislar tumandagi barcha parranda xo‘jaliklarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Biroq, Shelkovskiy tumanidagi vaziyat bo‘yicha rasmiy ma'lumotlar mavjud emas. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid