Fransiyaning sobiq boş vaziri Fransua Fiyon rafiqasini soxta işga joylaştirgani uçun tört yillik şartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Parij apellyatsiya sudi 17 iyun, seşanba kuni şunday hukm çiqardi, şuningdek, uni 375 ming yevro jarimaga tortdi va beş yilga saylovlarda qatnaşişni taqiqladi, deb xabar beradi AFP. Prokuratura siyosatçini ön yilga saylovda qatnaşişni taqiqlaşni söragan.

Sudyalar Fiyon rafiqasi Penelopani yillar davomida parlament apparati xodimi bölib işlaşga rasmiylaştirib qöyganini isbotladi, lekin u aslida işlamagan. Bu 2017 yilda, prezidentlik saylovlaridan bir neça oy oldin ommaga ma’lum böldi, unda Fiyon eng yuqori davlat lavozimiga da’vogarlik qilgan, biroq yuzaga kelgan janjal natijasida u Emmanuel Makronga yutqazib qöydi.

Fransua va Penelopa Fiyon 2022 yilda davlat mablağlarini özlaştirganlikda ayblangan: sobiq boş vazir tört yil qamoq jazosiga hukm qilingan, şundan uç yili şartli ravişda, rafiqasi esa ikki yillik şartli jazo oldi. Bir yil avval Fransiyaning eng yuqori sud instansiyasi - Kassatsiya sudi ayblov hukmini öz kuçida qoldirgan, biroq ayni paytda Fiyonga nisbatan jazo çorasini qayta körib çiqişni buyurgan edi.