Samarqand viloyatining bosh shifokori lavozimidan ozod etildi
3 mart kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyati rasmiy saytida xabar berilgan.
Deputatlar sessiya kun tartibi va ish tartibini tasdiqlagach, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani muhokama etishgan.
Kun tartibidagi ikkinchi asosiy masala bo‘lmish – aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni hamda dori vositalari ta'minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashish, shuningdek, bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari ham deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etilgan.
Bu borada ayni paytda sohada olib borilayotgan ishlar haqida dastlab viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Jo‘rayev axborot bergan.
«Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar viloyat hokimining Egamberdiyev Bahromjon Nig‘matovichni viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etish haqidagi qarorini tasdiqladilar.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan viloyat Kengashining qarorlari qabul qilindi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024