Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik qora tanli vazir muhojirlarni qullarga tenglashtirdi
AQShning turar joy qurilishi va shaharsozlik vaziri Ben Karson muhojirlarni AQShga yaxshi hayot orzusida kelayotgan qullarga o‘xshatdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.
Karsonning aytishicha, 18 va 19-asrlarda AQShga zo‘ravonlik bilan yetkazilgan va sotilgan qullar ham hozirda muhojirlardek orzu-umidlarga ega bo‘lishgan.
"Mana Amerikaning mohiyati nimada. U orzular va imkoniyatlar mamlakatidir. AQShga bandi qilib olib kelingan va kamroq manfaatlar evaziga uzoqroq va g‘ayratliroq ishlagan boshqa muhojirlar ham bo‘lgan", deb aytgan Karson vazirlikdagi yig‘ilishda.
Karson bu odamlar ularning nabira-abiralari bir kun kelib "bu zaminda farovonlik va baxtga erisha olishlariga" umid qilib yashashganini aytdi.
Karson vakili zalda bo‘lganlardan hech kim uning so‘zlarini noto‘g‘ri qabul qilmaganini aytgan. Biroq shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda Karsonning so‘zi norozilik uyg‘otgan.
Karson yangi lavozimiga 2 mart kuni tasdiqlangan. U Donald Tramp ma'muriyatidagi birinchi afroamerikalik bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026