Jahon | 08:27 / 07.03.2017
4739
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu yana Eronni aybladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron Isroilning xavfsizlik sohasidagi 80 foizdan ortiq muammolariga sababchi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.

U bu haqda 1992 yili Argentinadagi Isroil elchixonasida yuz bergan terakt qurbonlarini xotirlash marosimida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avval boshdan bu hodisaning ortida kim turgani ma'lum bo‘lgan. «Eron teraktni rejalashtirdi, hamda uni «Hezbollah» harakati yordamida amalga oshirdi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Shuningdek Netanyaxuning ta'kidlashicha, Eron «dunyodagi eng katta terrorizm generatori» bo‘lib, Tehron Isroilga mamlakat hududini vayronaga aylantirish bilan tahdid qilishda davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid