Jahon | 07:48 / 07.03.2017
55771
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya raketalar uchirilishi qaysi davlatga qarshi qaratilganini ma'lum qildi

Rasmiy Pxenyan, sinov tariqasida ballistik raketalarni uchirishidan ko‘zlangan maqsad,  “AQShning Yaponiyadagi harbiy bazalariga zarba berish uchun mashq qilishdan iborat” deb bayonot bermoqda. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Shimoliy Koreya 6 mart kuni 4 ta raketani sinov tariqasida uchirgan. Ulardan uchtasi Yaponiya iqtisodiy hududiga kelib tushgan. Jarayonni mamlakat rahbari Kim Chen Inning shaxsan o‘zi  kuzatib turgan.

AQSh va Yaponiya hozirda Shimoliy Koreyaning bu harakatlaridan havfsirab, BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ramoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid