Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Obamaning yana bir qarorini "dahshatli" deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obamani Guantanamo turmasidan yuzdan ko‘proq ekstremistlarni ozod qilgani uchun tanqid qildi. Trampning aytishicha, bu mahbuslar yana jang maydonlariga qaytishgan. Bu haqda Tramp tvitterda ma'lum qildi.
"Obama ma'muriyati tomonidan Guantanamodan ozod qilingan 122 nafar tajovuzkor mahbus yana jang maydonlariga qaytgan. Yana bir dahshatli qaror", deb yozgan Tramp.
6 mart kuni AQSh mudofaa vazirligining rasmiy vakili, harbiy-dengiz kuchlari kapitani Jyeff Devis 2 mart kuni amerikalik harbiylar tomonidan Yamandagi nishonlarga zarba berilgan vaqtda "Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida" terrorchilik guruhining jangarisi, Muhammad Taxar kabi ma'lum bo‘lgan Yosir al-Silmiy o‘ldirilganini ma'lum qildi. Pentagon vakilining aytishicha, bu jangari 2002-2009 yillarda AQShning Guantanamo harbiy bazasidagi turmada saqlangan, so‘ngra ozod qilinib, Yamanga deportatsiya qilingan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026