O‘zbekiston | 11:28 / 07.03.2017
9984
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Turkmanistonga ko‘mir va qishloq xo‘jalik texnikasi yetkazib beradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Turkmanistonga tashrifi davomida tomonlar o‘rtasida temir yo‘l vagonlari, ko‘mir va qishloq xo‘jaligi texnikasi yetakazib berish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

«O‘zbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, elektr va mexanika uskunalari, metall buyumlar va turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boshqa kimyoviy tovarlar keltiriladi», deyilgan xabarda.

Jumladan, Turkmaniston temir yo‘llar vazirligi «Andijon mexanika zavodi» kompaniyasi bilan 100ta vagonni qayta jihozlash bo‘yicha kelishuv imzolagan.

«O‘zsanoateksport» AJ esa «Turkmanximiya» davlat konserni bilan 30 ming tonna ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzgan.

Shuningdek, «O‘zsanoateksport» AJ Turkmaniston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan qishloq xo‘jalik texnikasi va uskunalar eksporti bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid