Jahon | 00:46 / 08.03.2017
4971
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara Germaniyani turk fuqarolariga siyosiy bosim o‘tkazishda aybladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Germaniyani turk fuqarolariga tizimli ravishda bosim o‘tkazishda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.    

Chovusho‘g‘luning aytishicha, Germaniya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning prezident vakolatlarini kengaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlaydiganlarga qarshilik ko‘rsatadi. 

Chovusho‘g‘luning ta'kidlashicha, Germaniya bir qator rejalashtirilgan uchrashuvlarning o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Erdo‘g‘anning natsistlikdagi ayblovlarini rad etgandi. 5 mart kuni Erdo‘g‘an Germaniyada turklar ishtirokida namoyishlar o‘tkazilishiga taqiqlovni natsistlar harakatlariga qiyoslagandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid