Jamiyat | 09:50 / 08.03.2017
12842
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi ko‘l pushti rangga kirdi

Foto: Facebook.com/@ParksVictoria

Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi ko‘l pushti rangga kirdi. OAVda ma'lum qilinishicha, bir qarashda bu bo‘yoq yoki ifloslanish tufayli yuz bergani haqida xulosa chiqarish mumkin, biroq ko‘ldagi suv tabiiy sabablarga ko‘ra shunday rangga kirgan.

Ko‘l o‘z rangini unda katta miqdorda tuz borligi hamda yomg‘irlar tugagach, yuqori harorat va quyosh nuri "o‘z ishini" qilgani sababli o‘zgartirgan. Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, ko‘l tubida fotosintez vaqtida qizil rang chiqaruvchi suv o‘tlari o‘sadi. Ko‘l joylashgan bog‘da  ma'lum qilinishicha, bu antiqa manzarani faqatgina ko‘rib-zavqlanish mumkin, biroq suvga qo‘l tegkazish tavsiya qilinmaydi. Suv sathi ko‘tarilib, havo harorati sovishi bilan ko‘l yana odatiy rangiga kiradi. Bunda suv o‘tlari maxsus elementlarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi va barchasi asl holiga qaytadi. 

Hozircha esa avstraliyaliklar bunday noyob manzaraning guvohi bo‘lish imkoniyatiga egalar.

Foto: Facebook.com/@ParksVictoria
Foto: Facebook.com/@ParksVictoria
Foto: Facebook.com/@ParksVictoria

 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid