WorldAtlas ma’lumotlari asosida tayyorlangan infografikada dunyodagi eng çuqur köllar maksimal çuqurligi böyiça reytingda taqdim etilgan.

Rossiyada joylaşgan Baykal nafaqat eng çuqur, balki Yer yuzidagi eng qadimiy köl ham hisoblanadi. Olimlar uning yoşi taxminan 25–30 million yil ekanini ta’kidlaydi.

Baykalning maksimal çuqurligi 1642 metrga yetadi. Bu körsatkiç 1470 metr çuqurlikka ega ikkinçi örindagi Tanganika kölidan 172 metrga köpdir.

Mutaxassislar fikriça, bunday ulkan çuqurlik uşbu suv havzalarining kelib çiqişi bilan boğliq. Baykal ham, Tanganika ham rift köllari qatoriga kiradi. Bunday köllar faqat tektonik faol hududlarda şakllanadi.

Yer yuzidagi köplab köllar muzliklar harakati natijasida paydo bölgan. Muzliklar millionlab yillar davomida rel’yefda çuqurliklar hosil qilib, keyinçalik ular suv bilan tölgan.

Rift köllari esa Yer qobiği uzoq yillar davomida çözilib, yorilib va siljib borişi natijasida yuzaga kelgan ulkan botiqliklarda şakllanadi. Keyinçalik uşbu botiqliklar suv bilan tölib, çuqur köllarga aylangan.

Nihoyatda katta çuqurlik sababli bu kabi köllarda jahon miqyosidagi ulkan toza suv zaxiralari mavjud. Faqat Baykalning özida sayyoradagi muzlamaydigan yuza suvlari zaxirasining qariyb 20 foizi saqlanadi. Bu esa uning global ahamiyatini yanada oşiradi.

Reytingdagi ayrim köllar öziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Masalan, Antarktidadagi Vostok köli taxminan 1000 metr qalinlikdagi muz qatlami ostida joylaşgan bölib, mutlaq qoronğilikda mavjud.

AQŞdagi Kreyter köli esa qadimiy vulqon krateri içida joylaşgan.

Kaspiy dengizi suvi oddiy dengiz suviga nisbatan taxminan uç barobar kam tuzli bölsa-da, 1030 metr çuqurlik bilan reytingda uçinçi örinni egallaydi. Şu bilan birga, u maydoni böyiça dunyodagi eng yirik köl hisoblanadi.

Dunyodagi eng çuqur önta köl reytingi deyarli barça qit’alarni qamrab oladi. Röyxatga Rossiya, Markaziy Osiyo, Şimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Antarktida hamda Janubi-Şarqiy Osiyodagi köllar kiritilgan.