Jahon | 07:55 / 08.03.2017
4878
1 daqiqa o‘qiladi
Kubaga tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ketgan Boliviya prezidentida o‘simta aniqlandi
Boliviya prezidenti Evo Moralesda bezarar o‘simta aniqlandi, deb ma'lum qildi Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri Ariana Kampero.
"Prezidentda hiqildoqning tovush tugunlarida 1-2 millimetrli kichik o‘simta aniqlangan. Endi u aprelda Kubada kichik operatsiyadan o‘tadi", deb ma'lum qildi Kampero.
Kampero Morales sog‘lig‘i borasida turli gaplarni tarqatmaslikka chaqirgan. Uning aytishicha, gap bezarar o‘simta haqida ketmoqda.
O‘tgan haftada Morales tomog‘idagi muammolar sababli Kubaga tibbiy ko‘rikdan o‘tgani jo‘nab ketgandi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, Moralesda jiddiy kasallik yo‘qligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
22:37 / 27.06.2024
Boliviyada hokimiyatni egallashga uringan general qo‘lga olindi
08:19 / 27.06.2024
Boliviyada harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirishga urindi
22:55 / 06.01.2024
Boliviyada mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi
13:17 / 13.03.2023