Fan-texnika | 14:27 / 09.03.2017
11491
2 daqiqa o‘qiladi

Airbus uchar avtomobilni taqdim etdi

Italdesign atelesi va Airbus kompaniyasi Jyeneva avtosalonida uchar avtomobil g‘oyasini taqdim etdi. Pop. Up modeli ikkita almashtiriluvchi elektr modullariga ega, ular yer va havoda harakatlanishga xizmat qiladi.

Avtomobil asosida ikki kishiga mo‘ljallangan salon-kapsuladir. «Kokon» karbondan tayyorlangan bo‘lib, 2,6 metr uzunlik, 1,4 metr kenglik va 1,5 metrlik balandlikka ega. Parvozlar uchun modul kvadrokopterlarga o‘xshab qilingan bo‘lib, sakkizta qarama-qarshi tomonga qarab aylanuvchi parraklardan iborat. U 4,4 metrga besh metrlik hajmga teng.

Harakat rejimlarini o‘zgartirish uchun maxsus tayyorlangan ilovadan foydalanish kifoya. Dasturga rejalashtirilgan yo‘nalish haqida ma'lumotni kiritish kerak, shundan so‘ng u harakatlanish uchun eng qulay usulni avtomatik tarzda aniqlab beradi. Bunda vaqt, safar uchun xarajatlar, tirbandlik va hokazolar hisobga olingan.

Ishlab chiqaruvchilarning g‘oyasiga ko‘ra, yo‘l bo‘ylab harakalanish yoki parvozlar uchun modullar kapsulaga yo‘lovchilar bilan mustaqil ravishda keladi hamda o‘rnatiladi, bu paytda ishlatilmay turgan qism esa quvvatlash stansiyasiga jo‘naydi va «kokon»dan chaqirishlarini kutadi.

Modullar xuddi kapsuladek batareyalar majmuasi bilan jihozlangan. Avtomobil yer bo‘ylab harakatlanganda ikki elektromotordan foydalanadi va soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Yurish zaxirasi 130 kilometrgacha masofani tashkil etadi. «G‘ildiraklar»ni quvvatlantirish (maxsus stansiyada) 15 daqiqadan iborat.

Pop. Up parvozlar paytida 182 ot kuchiga ega bo‘ladi hamda soatiga 100 kilometr tezlikka yetishi mumkin (uchish va qo‘nish tik holda amalga oshiriladi). Parvoz maksimal masofasi 100 kilometrdan oshmaydi.

Uchar avtomobil qachon chiqarilishi va uning narxi haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid