Sport | 21:45 / 09.03.2017
11373
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar Messining shartnomasi xususida aniq gap aytdi

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida jamoadoshi Lionel Messining shartnomani uzaytirishiga ishonchi komilligi haqida gapirib o‘tdi.

«Messi yangi shartnomani imzolaydi, bu aniq.

Men bilan ham shunday bo‘ladi, men «Barselona»da juda baxtiyorman, bu futbolchilar bilan yanada yaxshiroq darajaga chiqaman», – deya futbolchining so‘zlarini keltirgan Mundo Deportivo.

Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar bo‘lsada, tomonlar bu shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmayapti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid