Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi kishlar uchun ajoyib yangilik
Daniyalik mutaxassislar oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rganib chiqib, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash uchun eng samarali mahsulotni aniqlashdi. Bu mahsulot muntazam ravishda iste'mol qilinganda yurak xurujlari xavfini pasaytiradi va qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Gap oddiy dengiz karami haqida bormoqda. U har qanday ko‘rinishda (quritilgan, sarxil va salat tarkibida) ham samaralidir. "Ortodoks" tibbiy portalida shu haqida ma'lumot berildi.
Olimlarning ta'kidlashicha, uning samarasini dengiz karamini har kuni iste'mol qilgan odamgina sezishi mumkin. Ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan tajriba buning yaqqol isbotidir.
Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan kishilarni ikki guruhga ajratishdi. Birinchi guruh o‘z ratsionini o‘zgartirmay, odatiy mahsulotlarni iste'mol qilishda davom etdi. Ikkinchi guruh esa asosiy taomnomaga qo‘shimcha ravishda har kuni dengiz karami bilan oziqlandi.
Bir necha oy o‘tgach, ikki guruh vakillarining salomatligi qiyosiy tahlil qilindi. Ma'lum bo‘lishicha, ikkinchi guruhda ko‘rsatkichlar sezilarli ravishda yaxshilangan - yurak o‘z vazifasini yaxshiroq uddalay boshlagan, qon bosimi pasaygan, ishtirokchilar o‘zlarini juda yaxshi his qilayotganliklarini ta'kidlashgan.
Olimlarning fikricha, yaponlar taomnomasida dengiz karamining mavjudligi nima uchun dunyo miqyosida eng kam yurak kasalliklariga uchraydigan kishilar shu yerda yashashiga izoh bo‘la oladi.
Mavzuga oid
15:53 / 15.01.2026
Daniya va AQSh Grenlandiya masalasida murosaga kela olmadi
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
20:56 / 14.01.2026
Tramp ma’muriyati Grenlandiyani 700 milliard dollarga sotib olmoqchi
15:20 / 14.01.2026