Jahon | 21:09 / 09.03.2017
5806
2 daqiqa o‘qiladi

Wikileaks IT-kompaniyalarga MRBning xakerlik usullari haqida ma'lumot taqdim qiladi

WikiLeaks tashkiloti IT-kompaniyalarga AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi xakerlik instrumentlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim qiladi, deb aytdi tashkilot asoschisi Julian Assanj. 

"WikiLeaks’da kiberqurol bo‘yicha dastur bilan nima yuz berayotgani haqida anchagina ma'lumot bor, shu sababli biz axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar bilan ishlashga va ularga bizda bor bo‘lgan qo‘shimcha texnik detallarni taqdim qilishga qaror qildik. Ular shulardan kelib chiqib zarur choralar ko‘ra olishsin", deb aytgan Assanj.

WikiLeaks sayti avvalroq kompyuterlar, mobil telefonlar va televizorlarni buzib kirishga mo‘ljallangan isntrumentlar ta'riflangan MRBning maxfiy hujjatlarini chop etgandi. Bu hujjatlarga ko‘ra, MRB xodimlari buning uchun bir qator maxfiy instrumentilardan  foydalanar ekan. Bu instrumentlar buzib kirish bo‘yicha dasturlar, viruslar hamda zararli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ayni vaqtda bu dasturlarga qarshi himoyalash mexanizmlari yaratilmagan. 

OAVda ta'kidlanishicha, WikiLeaks hujjatlarida Assassin va Medusa kabi buzib kirish dasturlari nomi uchraydi. MRB bu dasturlar yordamida maxfiy ravishda iPhone smartfonlaridan ma'lumot oladi, Microsoft korporatsiyasi kompyuterlarini nazorat qiladi va hattoki Samsung televizorlaridan mikrofon sifatida foydalana oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid