Jahon | 23:25 / 10.03.2017
4495
2 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi halablik faqirlarga xayr-ehson qiladigan bo‘ldi

Foto: RIA

Rim papasi Frantsisk 10 mart kuni Rim yaqinidagi Arichcha shaharchasida Suriyaga bag‘ishlangan maxsus ibodat o‘tkazdi va halablik faqirlarga 100 ming yevro xayr-ehson qilishga qaror qildi. Bu haqda Vatikan rasmiy vakili Paloma Garsiya Oveyyero ma'lum qildi. 

Rim papasi avval ham Suriyada qon to‘kilishining to‘xtatilishiga bir necha bor chaqirgan hamda bu mamlakatda va ayniqsa Halabda yuz berayotgan hodisalarga xalqaro hamjamiyat e'tiborini qaratishga harakat qilib kelgan. Papa o‘tgan yil dekabrda Vatikandagi nutqi vaqtida barchani "Halab oilalar, bolalar, keksalar va kasalmandlar yashaydigan shahar ekanligini" unutmaslikka chaqirgandi. 

Joriy yil yanvarida Halabda harbiy harakatlar tugatilgandan keyin Rim papasi topshirig‘i bilan u yerga Vatikan vakillari tashrif buyurishgan. Safar vaqtida Suriya aholisiga turli gumanitar yordam ko‘rsatish zaruriyati oshib borayotgani qayd qilingandi. Gap avvalambor u yerga oziq-ovqat, kiyim-kechak yuborish, tibbiy va ta'limiy yordam ko‘rsatish haqida ketgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid