Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyadan bir necha mahsulotlar olib kirilishiga ruxsat berdi
Rossiyada Turkiyadan qator mahsulotlarni yetkazib berishga embargo 2016 yilning 1 yanvaridan kiritilgandi. Bu Turkiya HHKning Suriyada Su-24’ga hujumiga javob tariqasidagi maxsus iqtisodiy choralar doirasida qo‘llangan. Oktyabr oyida Rossiya hukumati bir qator turk mahsulotlariga yengilliklar berdi – danakli va sitrus mevalar.
Payshanba kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim telefon orqali muloqotda ikki mamlakat bozorlariga sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish masalalarini muhokama qilishgan. Juma kuni esa Rossiyaga Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kelmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishni rejalashtirishgan.
"Qarorga ko‘ra ro‘yxatdan tovarlarning alohida turlari chiqarildi. Xususan, chinnigullar, yangi yoki muzlatilgan boshpiyoz va shalot piyoz, yangi yoki muzlatilgan gulkaram va brokkoli karami hamda boshqa qator mahsulotlar", - deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026