Seulda politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlandi, muxbirlar kaltaklandi (foto)
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida impichment orqali lavozimidan chetlatilgan sobiq prezident Pak Kin Xening tarafdorlari ko‘chalarga chiqishgan. Kiodo xabariga ko‘ra, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda, namoyishchilardan bir qanchasi jarohatlar bilan shifoxonalarga olib ketilgan.
Shaharda Konstitutsion sud impichmentni ma'qullashidan oldin prezident tarafdorlari va qarshi tomon miting uyushtirgandi. Sud qarori e'lon qilingach, politsiya ikki miting ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqishi oldini olish maqsadida tegishli choralarni qo‘llagan. Jarayon telekanallar efirlarida yoritib borilmoqda.
NHK xabariga ko‘ra, Pak Kin Xe tarafdorlari OAV vakillariga tashlangan va muxbirlarni kaltaklab, kameralarni sindirgan. Politsiya jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatgan.
Pak Kin Xe Janubiy Koreya demokratik davlatga aylanganidan buyon impichment orqali lavozimdan chetlatilgan ilk prezident bo‘ldi. Bugun Koreya Respublikasi konstitutsion sudi Parlament tomonidan o‘tgan yilning 9 dekabrida e'lon qilingan impichmentni ma'qullab, prezidentni lavozimidan chetlatdi.
Mavzuga oid
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:50 / 22.10.2024
OAV: Seul Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
22:42 / 07.10.2024
Gruziya parlamenti prezidentning impichmentini qayta boshlaydi
10:51 / 22.07.2024