Janubiy Koreyaning T'way Air aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi reys joriy yilning 23 may kuniga belgilangan.

Parvozlar haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

T'way Air – 2010 yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Seulda joylashgan Janubiy Koreyaning loukoster aviakompaniyasi.