Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqdagi portlashlarda 40 nafar Iroq fuqarosi halok bo‘ldi
Iroq tashqi ishlar vazirligi shanba kuni ertalab Suriya poytaxtining Bob Musalla tumanida ro‘y bergan ikki portlash oqibatida mamlakatning 40 nafar fuqarosi halok bo‘lgani, 120 inson jarohat olganini tasdiqladi.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobuslar portlatilgani oqibatida taxminan 40 nafar iroqlik halok bo‘ldi va 120 nafari jarohat oldi", - deya xabar berdi Iroq TIV. Shuningdek ta'kidlanishicha, voqealar rivojini Damashqdagi elchixona orqali kuzatilmoqda.
Idora xabariga ko‘ra, iroqliklar Bob as-Sag‘ir tumanidagi muqaddas qadamjolarga ziyoratga borishgan.
Bayonotda ta'kidlanishicha, Iroq TIV Suriya hukumati bilan hamkorlikda “barcha qurbonlar va jarohat olganlarni aniqlash”, shuningdek “halok bo‘lganlar jasadini samolyotlarda olib kelish uchun inqiroz guruhini tashkil etdi”.
Damashqda sodir etilgan portlashlar oqibatida 30dan ortiq inson halok bo‘ldi
Mavzuga oid
19:41 / 17.12.2025
«U endi Putinga kerak emas». The Guardian Bashar Asadning Moskvadagi hayoti haqida yozdi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
08:51 / 17.12.2025
Tramp Suriya va boshqa davlatlar fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi
00:00 / 15.12.2025