Jahon | 08:14 / 11.03.2017
4724
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Mo‘sulda kimyoviy qurol ishlatgan yoki yo‘qligini aniqladi

Foto: Reuters

Iroqning BMTdagi domiy vakili Al Al Hakimning bayonot berishicha, IShID terrorchilik guruhi Mo‘sulda kimyoviy qurol qo‘llamagan. Terrorchilarning shaharda mazkur qirg‘in qurolidan foydalanganini isbotlovchi alomatlar aniqlanmagan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«IShIDning Mo‘sulda kimyoviy quroldan foydalanganini isbotlovchi dalillar aslida ham yo‘q», — degan Al Hakim. 

Avvalroq, Iroqning Mo‘sul shahrida kimyoviy quroldan foydalanilgani ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid