Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada talaba qiz chaqalog‘ini axlatxona qutisiga tashlab yubordi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 18 yoshli talaba qiz chaqalog‘ini axlatxona qutisiga tashlab yubordi. Erta tongda hali nafas olayotgan chaqaloqni o‘tkinchilar ko‘rib qolgan. Bu holat shahardagi oliy ta'lim muassasalaridan biriga tegishli yotoqxonaning yonida ro‘y bergan, deb xabar bermoqda Patrul.kz.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, chaqaloqni topib olgan o‘tkinchi politsiyani chaqirdi va bolani kasalxonaga olib ketishgan. Chaqaloqni ko‘zdan kechirgan tibbiyot xodimlarining ta'kidlashicha, chaqaloqning kindigi ham bog‘lanmagan bo‘lgan.
Bir necha soatdan so‘ng politsiya xodimlari chaqaloqning onasini yotoqxona binosidagi xonalardan birida topishgan. Ma'lum bo‘lishicha, bolaning onasi Qizilo‘rda viloyatilik bo‘lib, Olmaotadagi oliy ta'lim muassasalaridan birining ikki bosqich talabasi ekan. U tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ahvolda shahar kasalxonalaridan biriga olib ketilgan. Taxminlarga ko‘ra, yosh ayol yotoqxona xonalaridan birida bir o‘zi bolani dunyoga keltirgan.
Xabar qilinishicha, chaqaloqning hayoti saqlab qolinmagan. Juda ham kuchsizlangan bola shifoxonaga olib kelinganidan bir necha soat o‘tib hayotdan ko‘z yumgan.
Nashrning ta'kidlashicha, ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
20:34 / 15.01.2026