Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:28 / 11.03.2017
8785
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Mahmud Abbosni Oq uyga taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp qisman tan olingan Falastin davlatining prezidenti Mahmud Abbosni Oq uyga kelishga taklif qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Prezident Donald Tramp Abbosni yaqin orada Oq uyga kelishga taklif qildi", deb aytdi Falastin yetakchisining vakili Nabil Abu Rdaynax.
Yetakchilar bu haqda telefon orqali muloqotda kelishib olishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish