Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy xavflilikning "zarg‘aldoq" darajasiga o‘tkazildi
11 martga o‘tar kechasi AQSh maxfiy xizmati Oq uyga kirmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralari ma'lum qildi.
Ryukzagi bor noma'lum kimsa Oq uy panjarasidan oshib tushib, sayyohlar uchun yopiq bo‘lgan janubiy eshikka yaqinlashishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq shundan keyin erkak payqalib, qo‘lga olingan.
U qanday maqsadda Oq uyga yaqinlashgani noma'lumligicha qolmoqda. Uning ryukzagida na qurol, na xavfli materiallar aniqlanmagan.
Biroq shunga qaramay, Oq uy xavflilikning "zarg‘aldoq" darajasiga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
AQSh prezidenti Donald Tramp voqea yuz bergan vaqtda Oq uyda bo‘lgan va bu haqda erkak qo‘lga olingandan keyingina xabar topgan.
Mavzuga oid
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
09:09 / 16.01.2026
“Eronda 800 ta qatl to‘xtatildi”: Oq uy Trampning bayonotini izohladi
16:06 / 01.12.2025