Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada supertransfer haqida gapira boshlashdi
«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil yozgi transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Football London xabariga ko‘ra, germaniyalik ushbu xavbek londonliklar jamoasi rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan va boshqa jamoa vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
U haftasiga 280 ming yevro maosh olishni istagandi, klubdagilar esa unga 200 ming yevro taklif etgan.
28 yoshli ushbu futbolchini «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda, u bu futbolchiga «Real»da ishlaganida ham ustozlik qilgandi.
Mankunianliklar rahbariyati ham O‘zil bilan shartnoma tuzishga qarshi emas.
U joriy mavsumda «kanonirlar» safida barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 31 uchrashuv o‘tkazgan va 9 gol urib, 7 golga uzatma bergan.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026