Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Xitoyga qarshi bahslarda Qozog‘istonda mag‘lub bo‘lgan tarkibga imkon beriladi
18 mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi 4 turni Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Murabbiylar ushbu bahslarga 2-turni fevral oyida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasiga qarshi bahslarda 1:4 hisobida yutqazgan tarkibni qo‘yishga qaror qildi.
Uzbek Tigers jamoasi tarkibi:
52 kg: Abrorjon Qodirov
60 kg: Murodjon Ahmadaliyev
69 kg: Shahram G‘iyosov
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev
+91 kg: Bahodir Jalolov.
WSB doirasida Uzbek Tigers avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengildi, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi.
18 mart kuni guruhdagi ikkinchi juftlik – Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillariga qarshi janglar olib boradi.
Mavzuga oid
10:55 / 28.02.2019
AIBA Butunjahon boks seriyasining O‘zbekiston bosqichini tashkil etishi mumkin
14:49 / 22.02.2019
Saken Polatov «Uzbek Tigers»ning WSB'da g‘olib chiqishiga ishonch bildirdi
19:56 / 18.02.2019
Umid Ahmadjonov «Uzbek Tigers» taqdiri va Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik haqida ma'lumot berdi
20:40 / 31.07.2018