Jahon | 07:46 / 13.03.2017
10898
1 daqiqa o‘qiladi
G‘arbiy Mo‘suldagi IShID jangarilari to‘liq qurshab olindi
G‘arbiy Mo‘suldagi IShID jangarilari to‘liq qurshab olindi. Bu haqda IShIDga qarshi kurashuvchi koalitsiyadagi AQSh maxsus vakili Brett Makgark ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Makgarkning ta'kidlashicha, Iroq qo‘shinlari Mo‘suldan oxirgi chiqish yo‘lini nazorat ostiga olganlar.
Uning aytishicha, IShID ayni vaqtda Iroqda bosib olgan hududlarining 60 foizini yo‘qotgan.
Avvalroq iroqlik harbiylar Mo‘sulni IShIDdan bir oy ichida to‘liq ozod qilishni mo‘ljallayotganlari ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024