Jamiyat | 08:45 / 13.03.2017
23578
1 daqiqa o‘qiladi

Poyezd katta tezlikda yuk mashinasini "burdalab tashladi" (video)

Internetda temir yo‘l kesishmasida  yuz bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi videosi paydo bo‘ldi. Chilida poyezd temir yo‘lni qizil chiroqda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga katta tezlikda kelib urilib, uni ikkiga bo‘lib yuborgan.

Videodan ko‘rinishicha, poyezdga jiddiy shikast yetmagan va u harakatini davom ettiravergan. Yuk mashinasi esa ikkiga ajralib ketgan. Ma'lum qilinishicha, haydovchi olingan jarohatlardan vafot etgan.

Shu holat batafsilroq aks etgan boshqa bir videoda to‘qnashuv oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani aytilgan. Shuningdek, poyezdning oldi qismi yaroqsiz holga kelganini ko‘rish mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid