Jahon | 14:43 / 13.03.2017
4474
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Tramp bilan uchrashadi

Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri, ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud 13 mart kuni amaliy tashrif bilan AQShga yo‘l oldi. Vazir Vashingtonda prezident Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi xabar qildi

Vazirning AQShda boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. 

Muhammad bin Salmon al Saud munosabatlarni mustahkamlash, ikki davlat manfaatlariga doir mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid