Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston yangi xorijiy avtomobillar uchun bojxona stavkalarini pasaytirdi
Tojikiston hukumati «2017 yilga davlat byudjyeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar loyihasini tayyorladi. Mazkur tuzatishlar xorijdan respublikaga olib kiriluvchi yangi avtomobillarga solinadigan bojxona bojlariga doirdir. Hukumat taklifi mamlakat parlamentiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Respublika Oliy majlisining Vakillar majlisining «AP» agentligiga ma'lum qilishicha, taklifga ko‘ra, joriy yil boshidan mamlakatga olib kirilayotgan yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari 50 foizga pasaytiriladi.
Kamida bir yil avval konveyerdan chiqqan va ko‘pi bilan 10 ming km yurgan transport vositalari yangi avtomobillar sifatida baholanadi.
Bojxona bojlarini 50 foizga kamaytirish xususida respublika prezidenti Imomali Rahmon 2016 yil 22 dekabrda parlamentda qilgan ma'ruzasida so‘z yuritgan edi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026