Jahon | 17:12 / 13.03.2017
3720
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada terrorchilar yashirinadigan 20ga yaqin nuqta yo‘q qilindi

Turkiyaning janubi-sharqida Kurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazilmoqda.

Chegara hududidagi Diyorbakir va Bingel viloyatlarida joylashgan Kulp, Lidjye va Xani tumanlarida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarga xavfsizlik kuchlarining 7 ming nafardan ortiq xodimi jalb etilgan.

Diyorbakir gubernatori ma'lumotiga ko‘ra, Lidjye tumanida terrorchilarga aloqadorlikda gumon qilinib, 2 kishi qo‘lga olingan. Shu hududda joylashgan ikkita qishloqdagi 8ta uy tintuv qilingan.

Umuman, amaliyot boshlangan 5 mart kunidan buyon shu vaqtga qadar partiya vakillari yashirinadigan 19ta  boshpana, shuningdek partiyaning 7ta obekti va ulkan miqdordagi giyohvand moddalari partiyasi yo‘q qilingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid