Jamiyat | 10:24 / 14.03.2017
4037
4 daqiqa o‘qiladi

10 yil davomida 26 million amerikalik tibbiy sug‘urtasiz qoladi

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati “Amerika tibbiy yordami” to‘g‘risidagi qonun loyihasini tahlil qildi va uni amalga oshirish 10 yil davomida 26 million amerikalik tomonidan sug‘urtaning yo‘qotilishiga olib kelishi haqida xulosaga keldi, deb xabar bermoqda Politico nashri.

Ayni damda kongressda respublikachilar tomonidan tayyorlangan “Amerika tibbiy yordami” to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda, u prezident Barak Obama tomonidan 2010 yilda qabul qilingan “Tibbiy yordam” tizimini almashtirishi mo‘ljallangan (Obamacare). Oq uyda qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashdi.

"2026 yilga kelib respublikachilar rejasi doirasida umumiy hisobda 54 million kishi sug‘urta qilinmagan bo‘ladi, bu Oq uy tahlilida keltirilgan. Bu amaldagi qonunchilikka (Obamacare) ko‘ra taxmin qilinayotgan sondan ikki barobarga ko‘pdir", - deya ta'kidlaydi nashr.

Keltirilgan 26 million kishidan 17 millioni kam ta'minlangan oilalardan iborat bo‘lib, ular hozirda Medicaid dasturi bo‘yicha ko‘mak oladi, olti millioni esa – xususiy shaxslar, yana uch million kishi – ish beruvchi tomonidan sug‘urta xarid qilib beriladiganlar, deb aniqlik kiritdi Politico.

Taqdim etilgan hisob-kitoblar AQSh kongressining byudjyet bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlaridan biroq yomonroq, uning raqamlariga ko‘ra – sug‘urta xarid qila olmaydiganlar soni 24 million kishini, sug‘urtasiz esa hammasi bo‘lib esa 50 million amerikalik qoladi – 2010 yilgi islohotdan avvalgi raqamlar. Biroq respublikachilarning taklifi AQSh byudjyet defitsitini 2026 yilga kelib 337 milliard dollarga qisqartirish imkonini beradi.

Ma'lum qilinishicha, qonun loyihasi “narxlar pasayishini ta'minlaydi va sifatli hamda ko‘pchilik hamyoniga to‘g‘ri keladigan tibbiy xizmat ko‘rsatilishini yaxshilaydi”.

Obamacare islohotini bekor qilish Donald Trampning saylovlardagi bosh va'dalaridan biri edi. Vakillar palatasidagi respublikachilar islohot bo‘yicha o‘z loyihalarini ishlab chiqishdi va uning bir qator muhim jihatlarini tegishli qo‘mitalardan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar. Biroq senatdagi bir qancha respublikachilar islohotga salbiy munosabatda bo‘lib qolmoqda. 

Respublikachilarning Obamacare’ni bekor qilishdagi eng muhim taklifi – jismoniy shaxslar va ish beruvchilar uchun tibbiy sug‘urta yo‘qligiga qo‘yiladigan jarimalarni darhol bekor qilish. Shuningdek sug‘urta xarid qilgan jismoniy shaxslar va ish beruvchilarga soliq imtiyozlarini taqdim etish mo‘ljallanmoqda. 

Avvalgi islohot bilan bog‘liq aksariyat soliqlar 2018 yilning 1 yanvaridan bekor qilinishi mumkin. Shuningdek Obama islohoti bilan ko‘zda tutilgan Medicaid – kambag‘allarga tibbiy yordam dasturini kengaytirishni cheklash ham rejalashtirilgan.

2010 yilgi sog‘liqni saqlash islohoti kam ta'minlanganlarga tibbiy sug‘urta uchun subsidiyalarni ko‘zda tutardi. Shu bilan birga, barcha amerikaliklarga sug‘urta xarid qilish majburiy qilib qo‘yildi va uning yo‘qligi uchun jarimalar belgilash nazarda tutildi. AQShda islohot tufayli sug‘urta bozorining monopoliyalashishi yuz berdi, o‘rta sinfdagi amerikaliklar uchun sug‘urtalar qiymati jiddiy ravishda oshdi, bu esa saylovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid