15 mart O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lish ehtimoli bor
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ba'zi joylarda 5 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15, Surxondaryo viloyatida 14-19 darajagacha iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ayrim joylarda 5 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.10.2024
2 oktyabr kuni harorat 32 darajagacha ko‘tariladi
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
15:10 / 30.09.2024
1 oktyabr kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
14:05 / 30.09.2024