Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya hukumati hijobni davlat miqyosida taqiqlamaydi
Buyuk Britaniya hukumati ayollarning ish o‘rinlarida diniy libos kiyishlarini taqiqlovchi hech qanday qonun loyihalarini kiritmoqchi emas. RIA "Novosti"da shu haqida xabar berildi.
Yevropa sudining seshanba kuni chop etilgan qaroriga muvofiq, "kompaniyaning ichki qoidalari diniy yoki falsafiy ramzlarni taqiqlagan taqdirdagina" ish beruvchilar taqiqlov joriy qilishlari mumkin. Sud qaroriga ko‘ra, bunday holatlarda taqiqlov "to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamsitish hisoblanmaydi".
"Bizning mamlakatimizda har bir ayol nima kiyishni o‘zi hal qilish huquqiga ega. Biz bu mavzuda hech qanday qonun loyihasini kiritmaymiz. Tushunishimcha, gap birinchi navbatda hijob haqida ketmoqda. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularning bo‘lmagani yaxshi: masalan, chegaradan o‘tish vaqtidagi tekshiruvlar yoki sudlarda. Alohida institutlar nimani taqiqlashni o‘zlari hal qilishlari mumkin. Biroq kim nima kiyishini tartibga solish - davlatning vazifasi emas va biz erkinlik tamoyillarimizga sodiq qolamiz", - dedi Mey chorshanba kuni mamlakat parlamentida.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026