O‘zbekiston | 16:43 / 15.03.2017
15014
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr ta'minoti korxonalarida 36 nafar xodim ma'muriy javobgarlikka tortildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi «Kun.uz»ga 2016 yil davomida elektr ta'minoti korxonalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va uning tizimlarida shartnomalar tuzilishi va bajarilishida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ahvoli o‘rganildi.

O‘rganish natijasida elektr ta'minoti korxonalari faoliyatida 32 724ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. 

Shunga ko‘ra, mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor mas'ul xodimlarga tegishli chora ko‘rish haqida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJga taqdimnomalar kiritildi, natijada 59 nafar mas'ul xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, 36 nafar mas'ul xodimga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43, 2419-moddalari bilan ma'muriy bayonnonomalar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha sud qaroriga asosan 36 nafar mas'ul xodim ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga oid