Elektr ta’minoti korxonasi va iste’molçi örtasidagi munosabatlarda şaffoflikni ta’minlaş, korrupsion holatlarning oldini oliş maqsadida tizimni raqamlaştiriş, zamonaviy texnologiyalardan foydalanişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Energosavdo» Samarqand filialida E-dalolatnoma rasmiylaştiriş tizimi yölga qöyilgan bölib, tuman va şahar elektr ta’minoti korxonalariga 158 dona planşet ajratilgan.

Inspektorlar tomonidan har bir dalolatnoma uşbu planşetlar orqali tuzilib, tizimga kiritiladi. Qoğoz dalolatnomalardan farqli ravişda har bir dalolatnomaning hisobi yuritiladi, uning ijrosi ta’minlanadi.
Bundan taşqari, hozirgi kunda Samarqand şahri va Samarqand tumanidagi inspektorlarga 54 ta bodikamera berilgan. Ularning iste’molçilar bilan muomala, muloqoti, joylarda ötkazgan örganiş işlari uşbu kameralar orqali yozib olinadi.













